O‘zbekiston

PPX xodimlari pulli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

Yuridik shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tartibni saqlashga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda yuridik shaxslar PPX bilan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda qo‘riqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzishlari mumkin, deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat 1 sentyabrdan boshlab pullik bo‘ladi. Yuridik shaxslar patrul-post xizmatlari bo‘linmalariga YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali og‘zaki yoki yozma murojaat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, hujjat bilan IIO PPX bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Xususan, ushbu reglament quyidagi tartiblarni tasdiqlaydi:

  • fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda yuridik shaxslar tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi uchun ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga murojaat qilish;
  • arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari;
  • fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish.

Bunda reglament ommaviy tadbirlarni, shuningdek yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha namoyishlarini tashkil etish va o‘tkazishga tatbiq etilmaydi. Ariza berilganidan keyin u vakolatli organ tomonidan olingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi bilan birgalikda fuqarolar yig‘iladigan joyga borib, hududni ko‘zdan kechiradi.

Ko‘rikdan so‘ng dalolatnoma tuziladi, unda hududiy obyekt chegaralari belgilanadi, xodimlar soni, xizmat xonalari, postlar va yo‘nalishlar joylashuvi, javobgarlik hududi, xodimlarning ish rejimi va ish tartibi qayd etiladi, shuningdek, shartnoma loyihasi belgilanadi.

Patrul-post xizmati bo‘linmalari bunday xizmatlarni ko‘rsatish tariflarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi.

Avvalroq PPX xodimlari yangi vakolatlarga ega bo‘lishi xabar qilingandi. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar va qabul qildilar.

Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная