O‘zbekiston

OTMning magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn qabul boshlandi

Hujjatlarni 30-iyulgacha topshirish mumkin.

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun onlayn qabul boshlandi, deb xabar bermoqda Ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Hujjatlarni 30-iyulga qadar vazirlikning my.edu.uz rasmiy platformasi orqali topshirish mumkin. Eslatib o‘tamiz, magistratura uchun tanlovda faqat belgilangan talablarga javob beradigan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMlarga kirish imtihonlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘lgandi. Mutaxassislar abituriyentlarga yonida qanday hujjatlar bo‘lishi va qancha vaqtda kelishi kerakligini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlari 14-23 iyul kunlari soat 08:00 va 15:00 da ikki smenada bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная