OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar e’lon qilindi — ro‘yxat
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga oldindan kelishi mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026-o‘quv yili uchun OTM va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qaysi hududlarda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Agentlik saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlar test o‘tkaziladigan hududning fotosuratlarini o‘rganib, ularning nomlari va manzillarini bilib olishlari, shuningdek, hududga qanday kirish joylari borligini o‘rganishlari mumkin. Bundan tashqari, abituriyentlar quyidagi ma’lumotlarni bilishlari mumkin:
- bino raqami;
- mazkur joyda test topshirayotgan guruhlar;
- Google xaritadagi joylar joylashuvi.
Toshkentda imtihonlar uchta joyda: “O‘zekspomarkaz”, “Yoshlik” sport majmuasi va Milliy universitet sport zalida bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar 12-iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga yetib kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joy bilan tanishishlari mumkin. To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq OTM magistraturasiga kirish uchun onlayn qabul boshlangani haqida xabar berilgandi. Hujjatlarni 30-iyulgacha topshirish mumkin.
Izohlar