O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni qulay dam olish kunlari kutmoqda — ob-havo ma’lumoti

Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

11-13-iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida 11-iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

11-iyulda kunduz kuni yoz o‘rtasi uchun ancha qulay bo‘lgan harorat saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustunchalari 32-35o, janubda 36-39o issiqdan oshmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, harorat 28-31o atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va aksariyat viloyatlarda kunduz kunlari 35-38o issiq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-23o issiq bo‘ladi. 11-13-iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida: 11-iyul va dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat asosan 20-23o atrofida, kunduzi esa 11-iyulda 33-35°, 12-13-iyulda 35-38° darajagacha ko‘tariladi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная