O‘zbekistonliklarni iliq dam olish kunlari kutmoqda
Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.

21-23 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, respublika shimolida ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu me’yoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 2-4 darajaga yuqori ekani qayd etilgan. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol kuchsizdan o‘rtachagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 4-6, kunduzi 15-18 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Avvalroq sinoptiklar kelgusi qish uchun mavsumiy ob-havo prognozini taqdim etgandi. Qish iliq kelishi kutilmoqda, uch oyning ikkitasi me’yordan issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.
Izohlar