2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun xorijga ketgan, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 19 foizga kam, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar orasida MDH va Osiyo mamlakatlari eng mashhur. Yetakchi o‘rinlarda Rossiya (5863 kishi), Tojikiston (5761) va Qirg‘iziston (3835). Boshqa yo‘nalishlar orasida Janubiy Koreya (3344), Turkiya (2256), Xitoy (1186), Qozog‘iston (1014), Buyuk Britaniya (839), Germaniya (366) va AQSH (318) bor.

Safarlar sonining kamayishi xorijdagi ta’lim dasturlaridagi o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekistonda ichki ta’lim salohiyatining kuchayishi bilan bog‘liq, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar yil boshidan beri ta’limga qancha mablag‘ sarfladi? Milliy statistika qo‘mitasi o‘n oylik hisobotni taqdim etdi.