10-14 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 10-11 noyabr kunlari havo harorati kechasi va ertalab 0-3 daraja iliqni, kunduzi 13-16 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta o‘rtasidan harorat kechasi va ertalab 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi 17-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika hududining katta qismida shu kunlarda quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 10-11 noyabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 10-11 noyabrda kechasi 2-4° iliq, kunduzi 13-16° iliq, 12-14 noyabrda kechasi 4-7° iliq, kunduzi 17-20° iliq bo‘ladi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.





















