O‘zbekistonda sotuvchilar tovarni yetkazib berishda kechikish uchun penya to‘lashga majbur bo‘ladi
Sanksiya miqdori mahsulot qiymatidan oshmaydi.

O‘zbekistonda tovarni yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan sotuvchilar xaridorga penya to‘lashga majbur bo‘ladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lovlar har bir kechiktirilgan kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar qiymatidan oshib ketmasligi kerak.
Shuningdek, qonunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yodlangan tuzdan majburiy foydalanish belgilanmoqda. Qayd etilishicha, ushbu talab aholi o‘rtasida yod tanqisligining oldini olishga qaratilgan. Tegishli qonun prezident tomonidan imzolandi.
Avvalroq O‘zbekistonda mahsulotlarning ikki xil yaroqlilik muddati paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Taklif etilayotgan qonun loyihasi hozircha qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
Izohlar