O‘zbekistonda salqin havo saqlanib turadi: dam olish kunlari ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekiston hududiga biroz nam va uncha issiq bo‘lmagan havo massasi kirib kelishi boshlandi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kunduzgi harorat +34…+37 darajagacha pasaydi, bu iyul oyi oxiri uchun iqlimiy me’yorlarga yaqin. Qayd etilishicha, harorat foni sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Havo harorati aksariyat hududlarda +32…+37 darajani, cho‘l hududlari va janubda ba’zi joylarda +38…+40 darajani tashkil etadi.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz. Harorat kechasi +21-24 daraja, kunduzi +34-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Izohlar