O‘zbekistonda eng qimmat palov qayerda ekani ma’lum bo‘ldi
Palovning eng arzon porsiyasi Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

Statistika agentligi masalliqlarning o‘rtacha narxlaridan kelib chiqib, 2025-yil avgust oyida O‘zbekistonning turli hududlarida bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushganini hisoblab chiqdi.
Eng yuqori narxlar bo‘yicha yetakchilikni an’anaviy ravishda Toshkent o‘zida saqlab qoldi. Poytaxtda bir kilogramm palov 117 ming so‘mga tushadi. 2025-yil fevral oyida bu ko‘rsatkich 10 mingtaga kam edi. Kuchli uchlikdan Toshkent va Farg‘ona viloyatlari ham joy oldi, ularda kilogramm narxi mos ravishda 113 va 115 ming so‘mni tashkil etdi.
Palovning eng arzon porsiyasi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib chiqdi — u yerda kilogramm narxi atigi 98,5 ming so‘mga yetdi. Ikkinchi o‘rin 105 ming so‘m bilan Andijon viloyatiga nasib etdi. To‘liq ro‘yxatga ko‘ra, bir kilogramm palov narxi quyidagicha bo‘ldi:
- Qoraqalpog‘iston — 98 600 so‘m;
- Andijon viloyati — 105 500 so‘m;
- Buxoro viloyati — 108 400 so‘m;
- Jizzax viloyati — 110 000 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 111 700 so‘m;
- Navoiy viloyati — 110 000 so‘m;
- Namangan viloyati — 109 400 so‘m;
- Samarqand viloyati — 113 400 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 111 500 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 105 700 so‘m;
- Toshkent viloyati — 113 600 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 115 000 so‘m;
- Xorazm viloyati — 107 000 so‘m;
- Toshkent — 117 400 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova Samarqandda yetti tonna palov tarqatilishi fonida tirbandlikdan shikoyat qilgandi. Xonanda bunday tadbirlarni o‘tkazish o‘rniga mas’ul idoralar yo‘llarni ta’mirlashi kerakligini aytdi.
Izohlar