O‘zbekistonda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan bolalarga davlat tomonidan alohida yordam ko‘rsatiladi, deyiladi hukumat qarorida.

Hujjat O‘zbekistondagi har bir bolaning uyda, maktabda va ko‘chada o‘zini xavfsiz his qilishiga qaratilgan. Farmon bilan tasdiqlangan dastur profilaktikadan to‘liq reabilitatsiyagacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Asosiy o‘zgarishlar:

  • 2026-yil mart oyidan boshlab ota-onalar farzandlari bilan munosabatlarni tiklash va ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishni o‘rganish uchun “Mehrli oila” dasturi doirasida “oilaviy terapiya” xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
  • xavf guruhiga kiruvchi bolalar ta’lim muassasalariga imtihon va test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin bo‘ladi. Ular uchun 5 foizlik maxsus kvota ajratiladi.
  • himoyaga muhtoj bolalar, shuningdek, zo‘ravonlikka moyilligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadigan yagona elektron platforma ishga tushirilmoqda. Bu mutasaddi idoralarga har bir holat bo‘yicha tezkor munosabat bildirish imkonini beradi.

Bu choralar aybdorlarni shunchaki jazolashga emas, balki har bir bolaning qonun, oila va texnologiyalar bilan himoyalangan muhitini yaratishga qaratilgan, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar uchun professional tutingan oilalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari uchun “Mehrli oila” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.