O‘zbekiston

O‘zbekiston kartoshka yetishtirishda Misr tajribasini qo‘llaydi

Tomonlar ushbu sohada hamkorlikda ishlash bo‘yicha memorandum imzoladi.

O‘zbekiston va Misr urug‘lik kartoshka yetishtirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda EastFruit.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli memorandumni Misrning “EFC Plants” kompaniyasi va O‘zbekistonning “Agro Gold Premium” kompaniyasi imzolagan. Ushbu kelishuv Qohira shahrida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari va Misrning yetakchi agrosanoat kompaniyalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi biznes-forumi doirasida imzolandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston tomoni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, kartoshka va qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha Misr tajribasini o‘rganib, kelgusida undan O‘zbekistonda yuqori sifatli urug‘lik kartoshka yetishtirishda foydalanish, shuningdek, agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari kartoshkachilik va shakar sanoati sohasida tajriba almashdi va O‘zbekiston agrosektoridagi investitsiyalar istiqbollarini muhokama qildi. Kelgusida tomonlar O‘zbekiston hududida urug‘lik kartoshka yetishtirishning to‘liq siklini mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirishlari rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston o‘zini o‘zi kartoshka bilan ta’minlashi xabar qilingandi. Mamlakat navlar sifati va o‘rtacha hosildorlik yetarli emasligi sababli ehtiyojni qoplash uchun mahsulotni import qilishga majbur bo‘lmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная