O‘zbekiston

O‘zbekiston 2030-yilgacha kambag‘allik mutlaq barham berishni rejalashtirmoqda

Davlat rahbari buning uchun mamlakatda barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Namanganda 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang va Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vitse-prezidenti Sachiko Imoto, BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Kaxe Imnadze bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Prezident insoniyat oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘ta keskin va murakkab davrni boshidan kechirayotganini ta’kidladi. Dunyoda geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tobora kuchayib bormoqda. Iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va pandemiyalar tufayli sayyoramizda og‘ir va murakkab sinovlar yuzaga kelmoqda.

2015-yildan buyon global iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtacha 3 foizni tashkil etib, o‘tgan o‘n yillikka nisbatan sekinlashdi. Natijada besh yil oldin dunyoda 650 million kambag‘al bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 800 milliondan oshdi.

Bu vaziyat barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyati oldiga tezkor qarorlar qabul qilishni talab etadigan yangi va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda, — dedi prezident.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti 2 barobarga o‘sdi va yil yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston modeli” yaratildi: pandemiya davrida 800 ming oilaga bepul dori-darmon, 255 ming oilaga oziq-ovqat, 1 million 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi.

Natijada 5,2 mln kishini “qashshoqlik qopqoni”ga tushib qolishdan saqlab qolish va bir vaqtning o‘zida iqtisodiy retsessiyaning oldini olishga erishildi. Davlat rahbari jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab olgan “mahallabay ishlash” tizimi o‘zini to‘liq oqlaganini ta’kidladi.

2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor, — dedi u.

Mavzuga doir: Prezident Namanganni rivojlantirish chora-tadbirlarini ma’lum qildi — asosiylar Islohotlar investitsiya, eksport, infratuzilma, turizm va ijtimoiy sohalarga ta’sir ko‘rsatdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная