22-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.