23-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Mamlakat hududlari bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.