Issiqning pasayishi va shamolning kuchayishi: 27-iyul uchun ob-havo
Tog‘larda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda chang-to‘zonli kuchli shamol esadi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari 34 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonliklar jazirama issiqdan qisqa muddatga dam olishadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar