29-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° iliq;
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Avvalroq 2025-yil sentyabr oyida o‘zbekistonliklarni tetiklashtiruvchi salqin havo va yog‘ingarchilik kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Havo harorati oy oxiriga yaqin pasayishni boshlaydi.