Issiq va quruq: 28-iyun uchun ob-havo
Ba’zi joylarda kuchli shamol esishi mumkin.

O‘zbekistonda 28-iyun kuni issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda havo harorati 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
Avvalroq dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz ochiq va issiq kunlar kutayotgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.
Izohlar