O‘zbekiston

O‘zbekiston aytichilar uchun vizalar berishni kengaytiradi

Xorijlik iste’dodlar ham maxsus kreditlar olishi mumkin bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi IT-viza berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qaror “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida IT-xizmatlar eksportini oshirish va xalqaro ekspertlarni jalb qilish maqsadida qabul qilindi.

IT-viza startap-loyihalarning xorijiy ta’sischilari va ishtirokchilariga, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, PhD yoki DSc ilmiy darajalariga ega bo‘lgan mutaxassislar va o‘qituvchilarga, IT-park rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi yoki kollegial ijro etuvchi organi raisi vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxslarga beriladi.

Xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash doirasida IT sohasini qo‘llab-quvvatlash va uning eksport salohiyatini oshirish uchun maqsadli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan.

Chora-tadbirlar O‘zbekistonning texnologik innovatsiyalar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga va mahalliy IT-sohasini rivojlantirish uchun xorijiy iste’dodlarni jalb qilishga qaratilgan, — deyiladi hujjatda.

Avvalroq Shveysariya dasturchilarning O‘zbekistonda o‘qishi uchun pul to‘lashi haqida xabar berilgandi. Asosiy e’tibor yoshlar malakasini oshirish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная