O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi
Erta tongdan kechgacha ketma-ket ikki kun davomida geomagnit zarbalar bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 27 va 28-noyabr kunlari O‘zbekistonda “to‘q sariq” darajadagi kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 05:00 dan 17:00 gacha bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 28 noyabrda bo‘ron intensivligi yana 4 ballgacha ko‘tariladi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Izohlar