Issiq pasayib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi: 30-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

30-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha pasayishi, ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zonli izg‘irin bilan esishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklarni qaysi avgust kutayotgani haqida ma’lum qilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar