O‘zbekistonda 25-dekabr kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman tushadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° issiqgacha, kunduzi 0-5° issiq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.