O‘zbekiston

Dam olish kunlari O‘zbekiston aholisini jazirama issiq kutib oladi

Havo harorati 40 darajadan past bo‘lmaydi.

4-6-iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

4-iyul kuni O‘zbekiston hududining aksariyat qismida juda issiq ob-havo avjiga chiqadi. 3 iyul kuni kunduzi havo harorati 39-41 darajagacha, cho‘l hududlari va respublika janubida esa 43-45 darajagacha ko‘tarildi. 4 iyulda termometr ustunlari yana ham yuqoriga, 41-43 darajagacha, janub va cho‘l hududlarida esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

Faqatgina O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida harorat 34-39 darajagacha pasayishi seziladi. Dam olish kunlari issiqlik asta-sekin pasaya boshlaydi, ammo bu pasayish uncha sezilarli bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 38-41 daraja, janubda esa 42-44 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekiston bo‘ylab shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5 iyulda respublikaning ayrim joylarida, 6 iyulda esa cho‘l hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonli izg‘irin bo‘lishi mumkin. Toshkentda: oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Harorat asosan 4-5 iyulda 40-43 daraja, 6 iyulda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная