3 Sentabr 2024, 15:10 Jahon, Oʻzbekiston

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Oqibatda bir nafar haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana yetti kishi jabrlangan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar