9 Sentabr 2024, 13:22 •Oʻzbekiston
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.
Agentlik tomonidan Qozog‘istonning turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raldi.
Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanish tavsiya etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi
Soʻnggi yangiliklar
Nukusdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
8 Oktabr 2024, 19:24Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
8 Oktabr 2024, 18:41Toshkent aeroportida sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi
8 Oktabr 2024, 18:02Nursulton Ro‘ziboyevning UFC’dagi jangi bekor qilindi
8 Oktabr 2024, 17:28Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
8 Oktabr 2024, 16:45Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Jon Xopfild va Jeffri Xintonga nasib qildi
8 Oktabr 2024, 16:10O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
8 Oktabr 2024, 15:32Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi
8 Oktabr 2024, 14:32