21 Avgust 2024, 17:47 Jahon, Oʻzbekiston

AQShdagi YTHda o‘zbekistonlik 16 yoshli yigit halok bo‘ldi

Bruklinda yashovchi asli o‘zbekistonlik o‘smir skuterda yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan, oqibatida u vafot etgan.

AQShdagi YTHda o‘zbekistonlik 16 yoshli yigit halok bo‘ldi

Bruklinda yashovchi asli o‘zbekistonlik 16 yoshli Umidjon Jo‘rayev 19 avgust kuni do‘stlari bilan skuterda yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida u vafot etgan, do‘stlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Umidjon oilada yolg‘iz farzand bo‘lib, onasi bilan birga yashagan. Uning vafot etgani yaqinlarini chuqur qayg‘uga solgan.

Kuzatuv kameralariga ko‘ra, dushanba kuni sodir bo‘lgan avariyada skuter va yuk mashinasi chorrahadan o‘ngga burilib ketayotganda to‘qnashib ketgan. Jo‘rayevning do‘stlaridan biri olgan jarohatlari tufayli shifoxonada, ikkinchisi esa yengil jarohatlar bilan voqea joyida o‘ziga kelgan.

Nyu-York politsiyasining ma’lum qilishicha, yuk mashinasi voqea joyida qolmoqda, uning 48 yoshli haydovchisi esa so‘roq qilingan. Hozircha hech kim hibsga olinmagan va haydovchiga hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Mashhur yangiliklar