Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi M-39 avtomobil yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Isuzu rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotgan 22 yoshli haydovchi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, yigit yo‘l bermagan va belgilanmagan joyda burilish uchun yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan.

Haydovchi va 4 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Lacetti yuqori tezlikda yuk mashinasining orqa qismiga kirib ketgan, to‘qnashuvdan so‘ng yengil avtomobil yonib ketgan, besh kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.