BAAdan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Uch nafar erkak O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Interpolning Toshkent va Abu-Dabi milliy byurolari hamkorligida huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Milliy markaziy byurolar o‘rtasidagi uchrashuv va muzokaralar davomida shakllangan ikki tomonlama aloqalarni, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda, amaldagi xalqaro shartnomalar asosida jinoyatchilarni topshirish ko‘rsatkichlarining o‘sishi kuzatilmoqda, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Interpol qidiruvida bo‘lgan jinoyatchilar AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarilgandi. Erkaklar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.