Hodisa

Ummondan O‘zbekistonga odam savdosida ayblangan fuqaro ekstraditsiya qilindi

Ayol Toshkent ayeroportida o‘zbekistonlik huquq-tartibot xodimlariga topshirildi.

Ummondan odam savdosida ayblangan fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda Interpol axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, u xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Interpol kanallari orqali uning Ummon hududida ekanligi aniqlandi, u yerda ayol 2025-yil aprel oyida hibsga olingan.

“O‘tkazilgan muzokaralar va o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi so‘rovini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Toshkent xalqaro aeroportida qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquq-tartibot idoralari vakillariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Polshadan Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan erkak O‘zbekistonga qaytarilgandi. O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik uchun «qizil kartochka» bilan qidiruvga berilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная