11-noyabr kuni Toshkentning Yangihayot, Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi joylarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Bektemir tumani: Musaffo MFYda soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Sergeli tumani: Sug‘diyona MFYda soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Yangihayot tumani: Yangi Darxon MFYda soat 10:00 dan 18:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali mahsulot eksporti oshiriladi. Shuningdek, hukumat 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.