13-noyabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 09:00 dan 18:00 gacha Zabardast, Musaffo, Nurliyo‘l, Sohil, Oltintopgan mahallalarida elektr ta’minoti o‘chiriladi.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, minglab toshkentliklar chiqindi qarzlari tufayli elektrsiz qolishi mumkin. Abonentlarga qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilgach, ularga besh kunlik muddat berildi.





















