Toshkentda tezkor ovqatlar tayyorlanadigan yemakxona yonib ketdi — video
Yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Seul Moon bog‘idagi binolardan birida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Guvohlarning aytishicha, tomda yong‘in chiqqan, FVV matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritdi.
Hodisa 11-iyul kuni sodir bo‘lgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa haqida qo‘ng‘iroq soat 09:43 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 09:47 da yetib borgan. Yong‘in soat 09:49 da qurshab olingan va soat 09:53 da to‘liq bartaraf etilgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10-iyul kuni Toshkent ko‘chasida yer osti issiq suv quvuri yorilib ketgandi. Bosim ostidagi favvora odamlar va avtomobillar ustiga yopirildi. Issiq suv kuchli bosim ostida bir bo‘lak tuproq va beton plitani yulib oldi, shundan so‘ng favvora yo‘l, do‘konlar, yo‘lovchilar va avtomobillarga quladi. Yengil tan jarohati olgan 3 nafar fuqaroga shifoxonaga yotqizmasdan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.
Izohlar