Toshkentda sintepon ishlab chiqarish fabrikasida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.

30-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan sintepon ishlab chiqarish korxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida poytaxt FVBga soat 09:58 da xabar kelib tushgan. Ko‘rsatilgan manzilga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 10:02 da yetib borgan. Yong‘in soat 10:10 da qurshab olingan va soat 10:13 da to‘liq o‘chirilgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan. Jabrlanganlar haqida xabarlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi avtoservisda yirik yong‘in sodir bo‘lgandi, bir kishi halok bo‘lgan. Yong‘inga ishchilardan birining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar