Hodisa

Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video

Poytaxt osmonini quyuq qora tutun qopladi.

Фото: Ситуативное

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan FVV axborot xizmati munosabat bildirdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Shayxun ko‘chasida rekonstruksiya qilinayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi chaqiriq favqulodda xizmatlarga soat 18:06 da kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv xizmati soat 18:11 da yetib borib, yong‘in soat 18:33 da qurshab olingan va soat 18:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Guvohlarning NOVA24’ga aniqlik kiritishicha, yong‘in xususiy tibbiyot klinikasining yangi binosida sodir bo‘lgan, uni o‘chirishga suv tashuvchi mashina jalb qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная