Hodisa

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning tomi yonib ketdi — video

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus avtoko‘targich yetib borgan.

4-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yong‘in videosi tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 11:02 da Yunusobod tumani Alisher Navoiy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan binoning tom qismida sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzilga soat 11:06 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus avtoko‘targich yetib borgan. Yong‘in soat 11:17 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bino tomida taxminan 5 kvadrat metr ruberoid-bitum materiallari yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonida sement ortilgan yuk mashinasi yonib ketgandi. Yong‘inga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, qutqaruvchilar yukni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная