4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 11:58 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Sholikor ko‘chasidagi Binokor mahallasida joylashgan penoplast ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:08 da voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in soat 12:42 da qurshab olingan va soat 12:51 da to‘liq o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Mutaxassislar hodisa sababini aniqlamoqlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tunda tezkor ovqatlanish shoxobchasi yonib ketgandi. Jabrlanganlar yo‘q.