Toshkentda erkak virusli trend ostida raqsga tushib, avtomobilsiz qoldi
Qoidabuzar pushaymon bo‘lib, virusli trendlar xavfli ekanini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu kapotida raqsga tushayotgan erkakning videosi paydo bo‘ldi, u virusli trendni takrorlashga qaror qildi. YHXB mashhurlikka intilishni unchalik qadrlamadi va avtomobilni jarima maydonchasiga jo‘natdi.
Huquqbuzar qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, Malibu haydovchisi Damas’ga tegishli davlat raqamlari bilan harakatlangan. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi. Qoidabuzarga nisbatan MJtKning 125-moddasi 6-qismi (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Men jarohat olishim va yaqinlarimga yomon bo‘lishi mumkin edi. Oilam ham qiynalgan bo‘lardi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, buni trend uchun qilmaslik kerak ekan. Agar trend ortidan quvsa, o‘ziga ham, cho‘ntagiga ham, oilasiga ham zarar yetkazishi mumkin”, — dedi qoidabuzar.
Izohlar