Toshkentda Damas haydovchisi yuk mashinasiga borib urildi
Erkak boshqaruvni yo‘qotgan, unga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan.

7-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Damas avtomobili va yuk mashinasi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yirik YTH soat 12:30 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani “Jaloyir” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R21 yo‘lining kirish qismida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan FREHAUF TF34 yuk mashinasining yarim tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida Damas haydovchisi jarohat olgan, unga birinchi yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan. Ushbu fakt bo‘yicha tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yirik YTH sodir bo‘lgandi, jabrlanganlar bor. Lacetti haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Izohlar