Toshkentda Zarqaynar ko‘chasining bir qismi qurilish-montaj ishlari tufayli vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-oktyabr kuni soat 15:00 dan 28 oktyabr kuni soat 06:00 gacha Sag‘bon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud barcha turdagi transport vositalari kirishi uchun yopiladi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu davrda aylanma yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.

Avvalroq Toshkentda deyarli bir oyga yo‘l yopilishi haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislar infratuzilmani rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanadi.