Hodisa

Toshkentda ayol tanishini fohishalik bilan shug‘ullanish uchun chet elga jo‘natmoqchi bo‘ldi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchini ayeroportda to‘xtatib qolgan.

Toshkent aeroportida tanishini fohishalik bilan shug‘ullanish uchun chet elga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli yangiyo‘llik ayol poytaxtning Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli tanishiga Moskvada yuqori maoshli ish topib berishni va’da qilgan.

Tartib posbonlari gumonlanuvchini tanishini xorijga jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olishgan. Ayolga nisbatan huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda odam savdosida gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Huquqbuzar uch nafar qizni besh ming dollar evaziga Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborishni rejalashtirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная