Termizda mast holda avval voyaga yetmagan qiziga, keyin esa bog‘cha tarbiyalanuvchisiga tegajog‘lik qilgan 51 yoshli fuqaroning ishi qayta ko‘rib chiqiladi, deb xabar bermoqda Nemolchi.uz loyihasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ishni Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi ko‘rib chiqadi. Bunday holatning yuzaga kelishiga 2025-yil 12-sentyabrda Termiz prokuraturasi tomonidan kassatsiya shikoyati berish muddatini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma kiritilgani va 23-sentyabrda muddat tiklangani sabab bo‘ldi.
Bu Termiz shahar prokuraturasiga tez orada ko‘rib chiqiladigan tegishli protestni sudga kiritish imkonini berdi. Loyihada qayd etilishicha, hujjat qanoatlantirilgan taqdirda, Termiz prokuraturasi ushbu ish bo‘yicha yangi tergov tekshiruvini boshlaydi.
Ehtimol, u 129-modda (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar) yoki 118, 25-modda (Nomusga tegishga urinish) bilan qayta malakalanishi mumkin, buning uchun esa jiddiyroq muddat nazarda tutilgan. Umid qilamizki, vakolatli idoralar ishdagi o‘zgarishlar haqida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Sud va huquq-tartibot idoralarining bunday hamjihatlikda ish olib borayotgani quvonarli. Bolalar manfaatlari davlat himoyasida va voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilgan har qanday shaxs tegishli jinoiy jazoga tortilishi kerak, — deya xulosa qildi Nemolchi.uz loyihasida.
Eslatib o‘tamiz, birinchi hodisa 2024-yilning 23-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. 51 yoshli erkak mast holda uyiga qaytib, qiziga tegajog‘lik qila boshlagan. Sudlanuvchi bolani bo‘lib olib, uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan, biroq qizaloq qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng bola bir necha kun uyga qaytmagan va oradan shuncha vaqt o‘tgachgina qizcha voqeani onasiga aytib bergan.
Ikkinchi holat keyinroq, 2024-yil 7-noyabrda sodir bo‘lgan. Yana mast holatda bo‘lgan erkak notanish qizga tegajog‘lik qilib, uning tana a’zolaridan ushlab, yuzlaridan o‘pgan. Shu kuni bolani bog‘chadan onasining ukasi olib ketardi. 2024-yil 12-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida erkakka nisbatan 41-1-modda “Shahvoniy shilqimlik” va 183-modda “Mayda bezorilik” bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.



















