Surxondaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasida gaz portladi — video
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida Nexia rusumli avtomobilda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun xabar bermoqda.
Voqea 28-iyun kuni sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi gaz zaxirasini to‘ldirish uchun gaz quyish shoxobchasiga kirdi. Yonilg‘i quyish paytida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Izohlar