Hodisa

Surxondaryoda hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Erkak tanishini boshqa tanishlari orqali ishga joylashtirish uchun ming dollar so‘ragan.

Фото: Ситуативное

Surxondaryoda xo‘jalik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi Surxondaryo viloyatida xo‘jalik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi.

Voqea Termiz shahrida sodir bo‘lgan. Erkak yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni viloyat bojxona boshqarmasiga rahbarlikka ishga joylashtirib qo‘yish evaziga tanishidan ming dollar talab qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan huquqbuzarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazilib, erkak kelishilgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tartib posbonlari tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) va 28 moddasi orqali 211-moddasi (Pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda hokim yordamchisi yerni rasmiylashtirish uchun 6 ming dollar pora talab qilgani haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olib, hibsga oldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная