Hodisa

Sirdaryoda harakat vaqtida yuk mashinasi yonib ketdi — video

Yong‘in oqibatida avtomobilning dvigateli va saloni, shuningdek, tirkama qisman yonib ketgan.

4-avgust kuni Sirdaryo viloyatida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 20:04 larda “Furqat” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 879 km qismida sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida avtomobilning dvigateli va saloniga, shuningdek, tirkamasiga qisman zarar yetgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 20:31 da to‘liq bartaraf etilgan.

“Odamlar orasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini va o‘z avtomobillarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatida savdo markazi yonib ketgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni deyarli besh soat davomida o‘chirishgan. Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv yetkazib beruvchi texnika jalb etilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная