Sirdaryo viloyatida uch yil davomida farzandlari uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan erkak molxonadan topildi, deb xabar bermoqda Millar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki nafar farzandi uchun aliment to‘lamagan, jami 63 mln so‘m qarzdor bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida u Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi molxonalardan birida qo‘lga olingan. Sud unga qarzni to‘lashdan uzoq vaqt bo‘yin tovlagani uchun 15 sutka qamoq jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyda erkak aliment to‘lash to‘g‘risidagi qarordan so‘ng sobiq turmush o‘rtog‘ini urib yuborgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ayol nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan, turmush o‘rtog‘i esa agar ayol puldan voz kechmasa, “hech narsa yaxshi bo‘lmasligiga” shama qilishda davom etmoqda.