Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi rashk tufayli rafiqasini oltinchi qavat derazasidan tashlab yubordi, deb xabar bermoqda REN TV.
Voqea 2024-yilda sodir bo‘lgan, erkak turmush o‘rtog‘ini rashk qilib, uni oltinchi qavatdan tashlab yuborgan. Ayol shifoxonaga yotqizilgan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. O‘zbekistonlik qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam sudlangan.
Sud majlisida erkak qilmishidan pushaymon bo‘lib, jazoni yengillashtirishni so‘radi. Uning aytishicha, yosh o‘g‘li va keksa ota-onasi bor. Kirov tuman sudi o‘zbekistonlikni aybdor deb topib, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida erkak homilador xotinini o‘ldirib, uning jasadini kanalga tashlab yuborgandi. Jinoyatchiga 18 yil qamoq jazosi tayinlandi.




















