Qoraqalpog‘istonda o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarga “imtiyozli” kreditlar rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan fuqaro o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirgan. U ikki nafar fuqaroga go‘yoki Toshkentdagi tanishlari orqali imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishda yordam berishni va’da qilgan: biriga 1,2 mlrd so‘m, ikkinchisiga 300 mln so‘m.
Gumonlanuvchi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. O‘tkazilgan mablag‘larning umumiy summasi 48,4 mln so‘mni tashkil etdi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-28-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmda katta tezkor xodim 30 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi. Erkak qamoqqa olindi, tergov boshlandi.























