Xo‘jayli tumani Samanko‘l mahallasidagi xonadonlardan birida bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Voqea 13-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Erkak uyni isitish uchun qo‘lbola isitish pechini qayta yasagan: mo‘rini kesib, pechni boshqa xonaga ko‘chirgan va uni mo‘risiz gaz tarmog‘iga noqonuniy ulagan.

Oqibatda u va uning ikki nabirasi voqea joyida hushidan ketib, vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xo‘jayli tumani hokimligi tomonidan marhumlarning oila a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatida kelin-kuyov to‘yning to‘rtinchi kuni o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgandi.