Hodisa

Qashqadaryoda yana gaz quyish shoxobchasi portladi — video

Yonilg‘i bakini avtosisternadan propan bilan to‘ldirish vaqtida portlash sodir bo‘lgan.

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchalaridan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyatidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Yong‘in Ko‘kdala tumani “Oltindala” MFY hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida kechasi soat 22:20 da boshlangan. Avtosisternadagi suyultirilgan propan gazini yoqilg‘i saqlash rezervuariga propan bilan to‘ldirish vaqtida portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan, bu haqda FVVga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtosisterna va 10 kub metr hajmdagi suyultirilgan propan gazini saqlash uchun mo‘ljallangan 10 ta sig‘im yonib zararlangan.

Avtosisterna haydovchisi yengil kuyish jarohatini oldi. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hududda avval ham shunga o‘xshash portlash sodir bo‘lgan va to‘rt kishi halok bo‘lgandi. Yoqilg‘i saqlash rezervuari portlagan, shundan so‘ng xonani yong‘in qamrab olgan. Ushbu voqeadan so‘ng Sirdaryo viloyatida yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan to‘rtta yoqilg‘i quyish va gaz quyish shoxobchalari yopildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная