Navoiy viloyatida fuqarolarni Ukrainadagi mojaroda Rossiya tomonida ishtirok etishga yollash orqali pul ishlashga uringan ayol sudlandi, deb xabar bermoqda Kun.

2024-yil oktyabr oyida muqaddam sudlangan ayol o‘ziga nisbatan jinoyat ishi alohida ish yurituviga ajratilgan shaxsning taklifi bilan Samaraga borgan.

U yerda o‘zbekistonliklarni urushga jalb qilish va buning evaziga moddiy manfaat ko‘rish rejasini ishlab chiqishdi. Jinoyatchi ayol 2025-yil yanvar oyida vataniga qaytib kelgan. U erkakka oyiga 7 ming dollar va yiliga 40 ming dollargacha jangovar harakatlarda qatnashishni taklif qildi.

U yollangan shaxsning pasport ma’lumotlarini messenjer orqali Rossiyadagi sherigiga yuborgan. U erkakni Rossiyaga jo‘natish uchun Toshkent viloyatidagi “Navoiy” bojxona posti orqali o‘tkazmoqchi bo‘lganida DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud majlisida ayol aybiga iqror bo‘lib, suddan shafqat so‘radi. U Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.